
Xitoyda Li Auto i9 elektromobili og‘ir kamuflyajda yo‘l sinovlari vaqtida suratga olindi. Model rasmiy taqdimotidan oldin paydo bo‘lib, yangi avlod Nio ES8 bilan raqobatlashishi kutilmoqda.
Li Auto ilgari asosan EREV (uzaytirilgan masofali gibrid) ishlab chiqargan va shu orqali Xitoyda birinchi foydaga chiqqan NEV startapiga aylangandi. Yozda esa i8 krossover chiqarildi, lekin tez orada uning komplektatsiyalari qisqartirildi.

Endi Li Auto BEV liniyasini kengaytirishda davom etmoqda. 3-sentabr kuni kompaniya yangi i6 elektr SUVni taqdim etadi. Flagman sifatida esa i9 modelining sinovlari boshlangan.
Spy-shotlarda mashinaning yupqa A-ustunlari, LED orqa chiroqlari, bamperga joylashtirilgan faralari, tomdagi LiDAR sensori va besh qirrali diskalari ko‘rinadi.


Texnik xususiyatlar oshkor qilinmagan, ammo i9 i8’dan ham katta bo‘lishi aniq. Uzunligi 5,3 metr atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Quvvat tizimi i8 bilan bir xil: ikki motorli 4WD, umumiy 400 kVt (536 ot kuchi) quvvat, old motor 150 kVt va orqa motor 250 kVt. Akkumulyatori esa ehtimol 97,8 kVt·soat NMC bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda elektromobilni zaryadlash qancha turishi haqida yozgan edi.