Toshkent viloyatida 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi
gaz
Toshkent viloyatida 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Foto: GasWaterTechnologies

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan reydlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Xususan, Bo‘stonliq tumanidagi bir dala hovlisida loyiha hujjatlarisiz gazdan foydalanilgani aniqlanib, 3,04 mlrd so‘mlik zarar qayd etildi.

Video: Energetika vazirligi

Shuningdek, Ohangaron tumanida fuqaro o‘z uyida gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib, novvoyxona tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Bu holatda 396 mln so‘mlik zarar hisoblandi.

Umumiy hisobda 3,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlanib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Bundan avval Marg‘ilon va Nukus shahrida ham gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi. Marg‘ilonda fuqaro ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 117,9 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Nukus shahrida esa MCHJ mas’ul shaxslari qurilish ishlari jarayonida 106,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek