Ilon Mask trillioner bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Ayni damda uning boyligi $378 mlrdga baholanmoqda
Ilon Mask trillioner bo‘lishi mumkin / Foto: Bloomberg

Tesla direktorlar kengashi kompaniya rahbari Ilon Mask uchun yangi yirik maosh paketini taqdim etdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Rejaga ko‘ra, agar Tesla qiymati keskin oshib, kapitalizatsiyasi $8,5 trlnga yetsa, Mask qo‘shimcha 423,7 mln aksiya oladi. Hozirda Tesla’ning umumiy qiymati $1,1 trlnni tashkil etadi.

Mask hozir 410 mln dona Tesla aksiyasiga ega bo‘lib, boyligi $378 mlrdga baholanmoqda. Uning SpaceX, xAI va boshqa kompaniyalardagi ulushlari ham bu boylikni mustahkamlagan.

Tesla so‘nggi yillarda raqobat va savdo muammolariga duch keldi. Xitoyning BYD kompaniyasi jahon bozorida Tesla’ni ortda qoldirish arafasida, Google’ning Waymo bo‘linmasi esa robotaksi xizmatlarida oldinga chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Janubiy Afrikada tug‘ilgan Musk dastlab Zip2 va PayPal asoschilaridan biri bo‘lgan. Keyinchalik Tesla va SpaceX kompaniyalarini rivojlantirdi. 2022-yilda u Twitter’ni (hozirgi X) $44 mlrdga sotib oldi. 2023-yilda xAI sun’iy intellekt kompaniyasiga asos soldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask asos solgan xAI startapi AQShning Texas shtatida Apple va OpenAIga qarshi sud da’vosi kiritgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek