Google Yevropa Ittifoqida reklama bozorini suiiste’mol qilgani uchun 2,95 mlrd yevro jarimaga tortildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Onlayn reklama bozorida hukmron mavqeyini suiiste’mol qilishda ayblab
Google Avstraliyada $36 millionlik jarimaga tortildi
YK Google’ni qariyb 3 milliard yevro jarimaga tortdi / Foto: Google

Yevropa Komissiyasi Amerikaning Google korporatsiyasini onlayn reklama bozorida hukmron mavqeyini suiiste’mol qilishda ayblab, 2,95 milliard yevro jarima belgiladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Bryussel ma’lumotlariga koʻra, Google 2014-yildan buyon oʻz xizmatlariga ustunlik berib, raqobatchilarga zarar yetkazib kelgan. Bu esa Yevropa Ittifoqining faoliyati toʻgʻrisidagi shartnomasining 102-moddasini buzish sifatida baholandi.

Tergov yakunida Google bozordagi ustun mavqeyidan foydalanib, bir vaqtning oʻzida reklama joylashtirgan, reklama beruvchilar va sayt egalari oʻrtasida vositachilik qilgan hamda oʻz reklama bozorini boshqargani aniqlangan. YK bunday amaliyotni manfaatlar toʻqnashuvi deb topdi va kompaniyadan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishni darhol toʻxtatishni talab qildi.

Rasmiy bayonotda reklama Googleʼning asosiy daromad manbai boʻlib qolayotgani qayd etilgan. Korporatsiyaga biznes modelini yangi talablarga moslashtirish uchun 60 kun muddat berildi.

Yevrokomissiya qarorining siyosiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoli hozircha noma’lum. Shu bilan birga, ekspertlar bu jarima Bryussel va Vashington oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarda keskinlikni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google AQSh sudida og‘ir sanksiyalardan qutulib qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek