«Yangi O‘zbekiston» bog‘i vaqtincha yopiladi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i bugun, 8-sentabr kuni vaqtincha yopiladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, soat 15:00 dan 20:30 gacha tashrif buyuruvchilar hududga kira olmaydi.
Bundan avval bog‘ mustaqillik bayram tadbiri munosabati bilan bir kunga yopilgandi.
Shuningdek, avvalroq bog‘ hududida barpo etilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi foydalanishga topshirilgan. Unga ko‘ra, 8 gektardan ziyod maydonda 12 ta 3 yulduzli mehmonxona, 375 o‘rinli konferensiya zali, 310 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi va ochiq sport maydoni tashkil etilgan.
Mehmonxonalar xalqaro tajribaga ega kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Majmuada 540 yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 55 ming turistga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, hudud infratuzilmasi yaxshilangan, aholi farovonligi oshirilgan.