Fond bozori: ikki haftalik tushishdan keyin «Hamkorbank» aksiyalari yana qimmatlashdi

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 29-avgustdan 5-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,8 foizga o‘sdi.
Mazkur davrda «Hamkorbank» imtiyozli aksiyalari ikki haftalik pasayishdan keyin 5,97 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari (+4,55%) va «Uzbekinvest» (+2,42%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Ipak yo‘li» aksiyalari yana 7,41 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Olmaliq KMK» (-6,77%) va «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari (-1,96%) ham pasayish bilan ajralib turdi.
Faqatgina «Ipoteka-bank», «O‘zmetkombinat», «O‘zbekgeofizika», «Qizilqumsement», «O‘zbekneftgaz» aksiyalari, shuningdek, «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Kapital sug‘urta» (457 ta), «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (328 ta) va «O‘zRTXB» (308 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.
Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Elektrqishloqqurilish» (290,16 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (139,98 mln so‘m) va «Hamkorbank» aksiyalari (138,10 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyalardan sakkiztasi haftani ijobiy, oltitasi o‘zgarishsiz, qolgan to‘qqiztasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 1,26 mlrd so‘m bo‘ldi.
«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 22-avgustdan 29-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 3,04 foizga oshgandi.