YI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni hozirlamoqda

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha vakili Devid O’Sallivan ekspertlar guruhi bilan Vashingtonga safar qilib, AQSh rasmiylari bilan Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
YI hozirda 19-paket deb ataluvchi yangi sanksiyalar to‘plami ustida ishlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, unga Xitoy kompaniyalarini ro‘yxatga olish, Rossiya banklari va Moskvaning «soya floti»dagi kemalarni belgilash hamda Rossiya neftiga moliyaviy tranzaksiyalarni taqiqlash kabilar kirishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni ikkinchi bosqich cheklovlarga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan. Shu bilan birga, AQSh hozircha G7 mamlakatlari kabi Rossiya neftiga qo‘yiladigan barreldagi narx capini $47.60 ga tushirish tashabbusini qo‘llamadi. Tramp ma’muriyati bunga qaramay ba’zi savdo choralarini joriy etgan. Hindistondan importga yuqori tariflar shu jumladandir.
Vashingtondagi muzokaralarda AQSh moliya vaziri vakili Skott Bessent O’Sullivanni qabul qilib, Trampning «tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash» strategiyasi doirasida barcha variantlar ko‘rib chiqilayotganini aytdi.
«Biz Rossiyaga qarshi kuchli choralar ko‘rishga tayyormiz, ammo yevropalik hamkorlarimiz ham to‘liq qo‘shilishi kerak» deya ta’kidlab o‘tdi Bessent.
Kreml esa rasmiy ravishda «hech qanday sanksiyalar Rossiyani yo‘lidan qaytara olmaydi» deb javob berdi.
Agar AQSh va YI chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirsa, yangi paket Rossiyaning energiya va moliyaviy oqimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo Xitoy va uchinchi tomonlar orqali aylanma yo‘llarni to‘sish, a’zo davlatlar orasidagi siyosiy kelishmovchilik ham muammolarni kuchaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Rossiyaga haqorat qilingan taksi haydovchisi sababli nota yo‘llagan edi.