Pedagoglar attestatsiyasi uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
2025-yil avgust – dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya uchun
Pedagoglar attestatsiyasi uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi / Foto: Pixabay

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish bo‘yicha yangi hujjatni tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Spetsifikatsiya 2025-yil avgust – dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan nomzodlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, unda malaka sinov topshiriqlarining yo‘nalishlari va mezonlari belgilangan:

  • Boshlangʻich talim (oʻzbek, rus, qirgʻiz, qoraqalpoq, qozoq, tojik va turkman tillarida)
  • Qardosh tillar (qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, tojik va turkman tillarida)
  • Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, koreys, hind, xitoy va yapon tillarida)
  • Fanlar (jami 34 ta)

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu hujjat tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lsa-da, pedagoglar uchun malaka toifasini olish jarayonida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda abituriyentlarning oʻrtacha koʻrsatkichi 80,9 ballni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek