Samsung Galaxy S24 arzon narxda qayta chiqariladi

9-sentabr 2025 11:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S24
Samsung Galaxy S24 arzon narxda qayta chiqariladi / Foto: AVIC

Samsung Hindistonda Samsung Galaxy S24 smartfonini qayta taqdim etishga hozirlanmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smartfon Exynos 2400 o‘rniga Snapdragon 8 Gen 3 protsessori bilan jihozlanadi. Odatda Galaxy S24 global bozorda Exynos chipi bilan sotilgan, faqat AQSh va Janubiy Koreyada Snapdragon versiyasi mavjud edi. Endi esa Hindiston bozorida Snapdragon bilan yangilangan model $450 narxda taqdim etiladi. Bu asl model narxidan deyarli ikki baravar arzon (avval $900 edi).

Yangi Galaxy S24 to‘rtta rangda taqdim etiladi. Samsung ushbu qarorni Galaxy S25 FE e’lonidan so‘ng rasman tasdiqladi. Shu tariqa kompaniya eski flagmanini kuchliroq chip va arzonroq narx bilan yana bozorga qaytarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek