Toshkent — Xatirchi yo‘nalishidagi avtobusda yo‘lovchilardan ortiqcha 710 mln so‘m olingani aniqlandi

eʼlon qilindi
«Hunarmand» MChJga tegishli avtobus tomonidan
Foto: Transport vazirligi

Toshkent — Xatirchi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi «Hunarmand» MChJga tegishli avtobus tomonidan yo‘lovchilardan ortiqcha to‘lov undirilgan 710 mln so‘m pulni qaytarish bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

O‘rganishlar jarayonida chipta savdosi vaqtida qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga majburiy taklif qilingan holatlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilgani aniqlandi.

Qo‘mitaning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu davrda 74 mingdan ortiq yo‘lovchilarga sotilgan chiptalar orqali jami 710 million so‘m ortiqcha mablag‘ undirib olingan bo‘lishi mumkin.

Maxsus komissiya qaroriga muvofiq, «Hunarmand» MChJga ushbu pullarni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2024-yil va 2025-yilning dastlabki yetti oyida transport sohasida aholining 1,05 mingga yaqin murojaati ko‘rib chiqilgan. Natijada qariyb 1,4 milliard so‘m yo‘lovchilar foydasiga qayta hisoblab berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan aloqa operatorlari abonent mablag‘larini ularning roziligisiz yechib olayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek