iPhone 17 Pro Max eng yuqori batareya sig‘imi bilan taqdim etildi

10-sentabr 2025 07:33 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
iPhone 17 Pro Max eng yuqori batareya sig‘imi bilan taqdim etildi / Foto: Manuel Orbegozo / Reuters

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17, iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari batareyalarining sig‘imini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Foto: Manuel Orbegozo / Reuters

Batareya sig‘imi:

  • iPhone 17: 3692 mA·so
  • iPhone Air: 3149 mA·so
  • iPhone 17 Pro: 4252 mA·so
  • iPhone 17 Pro Max: 5088 mA·so
Foto: Manuel Orbegozo / Reuters

Ushbu ko‘rsatkichlar oldinroq internetda tarqalgan ma’lumotlarga mos keladi. Yevropa Ittifoqida iPhone 17, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari hali ham SIM-karta slotiga ega. Shuning uchun batareya sig‘imi shu slotga ega modellarga tegishli deb taxmin qilish mumkin. iPhone Air esa butun dunyo bo‘ylab faqat eSIM bilan taqdim etiladi.

Foto: Manuel Orbegozo / Reuters

Taqqoslash uchun:

ModeliPhone 16 seriyasi (mA·so)iPhone 17 seriyasi (mA·so)O‘sish (%)
Standart35613692+3,7%
Plus / Air46743149
Pro35824252+18,7%
Pro Max46855088+8,6%
Foto: Apple

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 seriyasi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek