Qirg‘izistondan olib kirilgan 5,7 milliard so‘mlik tilla taqinchoqlar to‘xtatib qolindi

eʼlon qilindi
5 kg 706 gramm hajmdagi
Qirg‘izistondan olib kirilgan 5,7 milliard so‘mlik tilla taqinchoqlar to‘xtatib qolindi / Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari Bojxona organlari bilan hamkorlikda yirik kontrabanda holatini fosh qildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi shaxs Qirg‘iziston fuqarosidan aylanma yo‘llar orqali davlat chegarasidan noqonuniy olib kelingan tilla buyumlarni qabul qilib olgan. U taqinchoqlarni moddiy manfaat evaziga Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro qo‘liga topshirayotgan paytda qo‘lga olingan.

Ushlangan tilla buyumlarning og‘irligi 5 kg 706 gramm bo‘lib, dastlabki qiymati 5, 7 mlrd so‘mga teng ekani aniqlangan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX tomonidan Samarqand viloyatida noqonuniy narkotik savdosiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek