
Xitoyda yangilangan Geely Preface 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Autohome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Model narxi 119,7 ming yuan ($16,5 ming atrofida) etib belgilangan. Bu uni Toyota Camry uchun eng arzon raqibga aylantiradi. Yangi Preface tashqi ko‘rinishda ham o‘zgarishlarga ega bo‘ldi.
Radiator panjarasi va old bamper yangilangan, kuzovga yashil rang qo‘shilgan. Orqa bamper diffuzor shaklida ishlangan, chiqindi tizimida esa to‘rt dona quvur bor.

Texnologik yangiliklardan biri Qianli Haohan H3 haydovchiga yordam beruvchi tizimidir. U 11 ta yuqori aniqlikdagi kamera, 3 ta millimetr diapazonli radar va 12 ta ultratovushli datchiklardan iborat. Hisoblash quvvati 128 TOPS’ni tashkil qiladi. Avtonom boshqaruv tizimi 34 ta funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Texnik qismida esa 2,0 litrli turbomotor o‘rnatilgan bo‘lib, u 272 ot kuchiga ega. Dvigatel 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi. Mashina 0 dan 100 km/soatgacha atigi 6,5 soniyada tezlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Lynk & Co 10 EM-P modeli sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.