eMaktab platformasi yangi imkoniyatlar bilan boyitildi
eʼlon qilindi
Tizim hozircha Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida amal qiladi

2025-2026-o‘quv yilida eMaktab platformasi ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi yangilanishlarni taqdim etdi.
Yangi imkoniyatlar o‘qituvchilar, o‘quvchilar va maktab ma’muriyati uchun qulaylik yaratadi.
Jumladan:
- MMTV taqvim-mavzu rejalari – o‘qituvchilar hujjatlarni qo‘lda tayyorlashdan xalos bo‘ladi;
- Onlayn diagnostik testlar – 5-11-sinflar uchun matematika fanidan bilimlarni tahlil va tuzatishga yordam beradi;
- Raqamli uy vazifalari – avtomatik tekshiriladigan topshiriqlar orqali baholash jarayoni soddalashadi;
- BSB va ChSB trenajyorlari – imtihonlarga haqiqiy sharoitda tayyorlanish imkonini beradi;
- Avtomatik ball qo‘yish funksiyasi – o‘qituvchilar vaqtini tejash va inson omilini kamaytiradi.
Shuningdek, eMaktab bonus sodiqlik dasturi ham ishga tushirildi. O‘quvchilar o‘z baholari evaziga «e.So‘m» ballarini to‘plashlari va ularni hamkor xizmatlardan chegirma yoki sovg‘a sifatida olishlari mumkin.
Hozircha ushbu bonusli tizim Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yil 1-yanvardan Vakolat.uz platformasi ishga tushirilgan edi.