Istanbuldagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Shahardagi namoyishlar sabab
Istanbuldagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Foto: TIV

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni shahardagi namoyishlar sabab ogohlantirmoqda.

Unga ko‘ra, Turkiya hukumati xavfsizlik chorasi sifatida 11-sentabrgacha olti tumanda, jumladan, bosh konsulxona joylashgan Beshiktosh tumanida ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etdi. Shuningdek, xorijiy messenjerlardan foydalanishda ham cheklovlar mavjud.

Shu sabab konsulxona o‘zbekistonliklarga odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik va mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishni tavsiya qildi.

Favqulodda vaziyatlarda Bosh konsulxonaga +90 (212) 909 08 04 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini keskin qoralagandi. Tashqi ishlar vazirligi bu harakatlarni Qatar davlati suverenitetini buzish, uning chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz sifatida baholandi.

Shuningdek