Qarshida soxta alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo‘yildi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi fuqaro o‘z uyida yashirincha soxta alkogol mahsulotlari ishlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tekshiruvda 140 litr etil spirti, 1,5 ming dona aksiz markasi, 20,5 ming dona yorliq, minglab bo‘sh shisha idishlar, 2,5 ming dona qopqoq hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa ashyolar dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etilgan edi.