Toshkent farmatsevtika instituti o‘rnida besh yulduzli mehmonxona qurilishi mumkin

eʼlon qilindi
Institut esa Tashkent Pharma Park hududiga ko‘chiriladi
Toshkent farmatsevtika instituti o‘rnida besh yulduzli mehmonxona quriladi / Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Shavkat Mirziyoyevning tungi iqtisodiyotga oid qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika instituti poytaxtdan Toshkent viloyatiga ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda.

Institutning hozirgi joyida esa avtoturargoh va mehmonxona barpo etiladi. Yangi institut poytaxtning Sergeli tumani bilan chegaradosh Tashkent Pharma Park hududida joylashishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Wikipedia

Ma’lumot uchun, Toshkent farmatsevtika instituti 1937-yil yozida tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlab kelgan.

Institut qoshida dori vositalarini standartlashtirish markazi ham faoliyat yuritadi. U farmatsevtika mahsulotlari sifatini tekshirish, ularning xususiyatlarini o‘rganish va doklinik tadqiqotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda Aydar-Arnasoy ekoturizm maskani qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek