Shavkat Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev
Foto: President.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashdagi shaxsiy hissasi uchun e’tirof etildi.

Mukofot topshirish marosimi 9-sentabr kuni Moskvada, buyuk yozuvchi va faylasuf Lev Tolstoy tavallud topgan kunda o‘tkazildi.

«2025-yilda Lev Nikolayevich Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti laureatlari sifatida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’lon qilindi. Qaror hakamlar hay’ati tomonidan bir ovozdan qabul qilindi», — dedi hay’at raisi, Mariinskiy teatri badiiy rahbari va bosh direktori, shuningdek Bolshoy teatr direktori Valeriy Gergiev.

Tashkiliy qo‘mitaga ko‘ra, uch davlat rahbarlari 31-mart kuni davlat chegaralarining tutash nuqtasi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Bu bilan ular umumiy chegaralarni huquqiy jihatdan to‘liq belgilab, xalqaro huquq asosida mintaqada teng xavfsizlikni ta’minlash, xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro tushunishni kuchaytirishga katta hissa qo‘shgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning «An-Nahda» ordeni bilan taqdirlangani haqida yozgandi.

Shuningdek