Doktorantura uchun qabul kvotalari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Qabul 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi

2026-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha qabul kvotalari (tashkilotlar bo’yicha ixtisosliklar kesimida) tasdiqlandi.
Tayanch doktorantura uchun qabul 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi. Batafsil ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: havola.
Qabul qilinganlar ro‘yxati 2026-yilning 10-yanvarigacha e’lon qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilingani haqida yozgandi.