Mehmonxona xususiy boshqaruvda — shahar hokimligi Grand Mir o‘rnida yangi mehmonxona qurilishi haqida

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar hokimligi bilan bog‘landi
Toshkent shahar hokimligi Grand Mir o‘rnida yangi mehmonxona qurilishi bo‘yicha. Foto: Yandex

Tarmoqda Yakkasaroy tumanidagi Grand Mir Hotel (sobiq «Rossiya») mehmonxonasi o‘rnida yangi mehmonxona qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar hokimligi bilan bog‘landi.

Hokimlik matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etib, hokimlikda mehmonxona buzilishi yoki yangisi qurilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

«Mehmonxona xususiy boshqaruvda bo‘lib, bu masalani uning o‘zi hal qiladi», — deydi hokimlik matbuot xizmati vakili.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan mehmonxona xodimining ta’kidlashicha, buzish ishlarining aniq muddati hozircha aniq emas va bino o‘rnida nima bo‘lishi ham noma’lum edi.

Design Factory arxitektura kompaniyasi vakili Shavkat Abdullayevga ko‘ra, bino sentabr oyida buzilishi rejalashtirilgan.

Politik.uz nashrining yozishicha, Design Factory Sarıkoc xolding tarkibiga kiradi. Ushbu xolding Tashkent City va Akfa universitetida mehmonxona va Hilton kongress-xollini qurgan Koç Construction kompaniyasiga ham egalik qiladi.

Abdullayevning qo‘shimcha qilishicha, mehmonxona o‘rnida biznes markazi va bir nechta yangi binolar bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati uch yil.

Shuningdek