Eng yuqori batareya sig‘imiga ega iPohone 17 Pro Max, Qozog‘istonliklarning Google akkauntlariga hujum — 10-sentabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Buxoro Biennalesi
Arxitektura va hissiyot — Buxoro Biennalesi manzarasi / Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Eng yuqori batareya sig‘imiga ega iPohone 17 Pro Max, Qozog‘istonliklarning Google akkauntlariga hujum, Ferrari 849 Testarossa gibridi — Kursiv Uzbekistan 10-sentabrning muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.

iPhone 17 Pro Max eng yuqori batareya sig‘imi bilan taqdim etildi

iPhone 17 Pro Max yuqori sig‘imli batareya bilan taqdim etildi
iPhone 17 Pro Max yuqori sig‘imli batareya bilan taqdim etildi / Foto: Manuel Orbegozo / Reuters

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17, iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari batareyalarining sig‘imini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Batafsil

Ferrari 849 Testarossa gibridini taqdim etdi

Ferrari kompaniyasi yangi 849 Testarossa sportkarini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Apple iOS 26 operatsion tizimini 15-sentabrdan foydalanuvchilarga taqdim etadi

Apple iOS 26
Apple iOS 26 15-sentabrda rasman taqdim etiladi / Foto: Apple

10-sentabr kuni Apple iOS 26 va iPadOS 26 operatsion tizimlarining RC (Release Candidate) yangilanishlarini taqdim etdi. Ularni Software Update bo‘limida yuklab olish mumkin. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Batafsil

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Falastin ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo Kubogi yo‘llanmasini naqd qildi.

Batafsil

Qozog‘istonliklarning Google akkauntlariga xakerlar hujum qildi

Qozog‘istonda fuqarolarning Google ma’lumotlar bazasiga hujum qilingani ma’lum qilindi. Mamlakat bosh prokuraturasi fuqarolarga parollarini zudlik bilan almashtirishni tavsiya etdi.

Batafsil

Uch yil avval qizini ayiq qafasiga tashlagan ayol uni pichoqlab o‘ldirdi

Uch yil avval qizini ayiq qafasiga tashlagan ayol uni pichoqlab o‘ldirdi. Foto: ochiq manbalardan

Toshkent shahrida ayol o‘zining yetti yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda «Milliy» telekanali xabar berdi.

Batafsil

Chevrolet Damas va Chery Karry: qaysi modelni sotib olgan qulay

O‘zbekiston sharoitida oilaviy va kichik biznes uchun Chevrolet Damas eng ixcham model sifatida qaraladi. Yanvar-iyul oylarida 49,6 ming dona Damas xarid qilingan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Damas va Chery Karry avtomobillari taqqoslanadi.

Batafsil

O‘zbekistonda «Open banking» tizimi joriy qilinadi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Batafsil

Avgust oyida aholining inflyatsion kutilmalari 0,7 foizga pasaydi

Shu yilning avgust oyida Oʻzbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foiz bandga pasayib, 12,2 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Markaziy bank oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra shakllandi.

Batafsil

Shuningdek