
Xitoyda nafaqat yangi avlod Toyota RAV4, balki uning elektr krossoveri Toyota bZ4X ham sertifikatdan o‘tdi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
Ikkala model tashqi ko‘rinishda deyarli bir xil. Old qismida C-shaklli faralar va umumiy dizayn ishlatilgan. Toyota bZ4X o‘lchamlari 4690×1860×1650 mmga teng. G‘ildirak bazasi esa 2850 mmni tashkil etadi. Elektromobilning ichki qismi benzinli RAV4’dan kengroq qilib ishlangan.

Model monoprivod va to‘liq privodli variantlarda taqdim etiladi. Monoprivod versiya 222 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan, biroq maksimal quvvat ko‘rsatkichlari hozircha oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota RAV4 va Land Cruiser asosida yangi elektromodellar AQShda ishlab chiqarilgani haqida yozgan edi.