Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi

eʼlon qilindi
Mahalla raislariga bir qator muhim vazifalar berildi
Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi / Foto: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti

Prezident farmoniga muvofiq, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tizim yoshlarning muammolarini manzilli hal etish, kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash va ularni mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashni maqsad qiladi. Yoshlar yetakchilari yoshlarda ishonchni mustahkamlash, mahallada foydali loyihalarni amalga oshirish, «Besh tashabbus olimpiadasi»ni targ‘ib qilish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga beriladigan yordam ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanadi. Yoshlar yetakchilariga asosiy vazifalarga aloqasi bo‘lmagan boshqa topshiriqlarni yuklash qat’iyan taqiqlanadi.

Farmonga ko‘ra, «Mahalla yettiligi» va ta’lim muassasalari hamkorligida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari va maktab psixologlari har oy muammoli o‘quvchilarni aniqlab, ularning qiziqishlarini belgilaydi. Ushbu ro‘yxat yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi.

Yoshlar yetakchilari mahalladagi ustozlar va tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun ustozlik tizimini tashkil etadi. Mahalla raislari esa yoshlarning bilim olishi, IT ko‘nikmalarini egallashi, sport va kitobxonlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish tashabbuslarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholiga ijtimoiy pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi «Mahalla servis» kompaniyalari uchun bir qator soliq imtiyozlari joriy qilingan edi.

Shuningdek