Toshkentda Lutfiy koʻchasining bir qismi vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
20 kunga
Foto: Pexels. com

11-sentabrdan 1-oktabrgacha Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy koʻchasining Farhod koʻchasidan Shirin koʻchasigacha boʻlgan qismi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Ma’lum qilinishicha, ushbu yoʻlda 640 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanadi. Shu sababli mazkur hududda harakat butunlay toʻxtatiladi. Mutasaddilar haydovchilarga yoʻl yopilishi davrida oldindan tayyor turib, muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar 20 kun davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Shota Rustaveli koʻchasi rekonstruksiyadan soʻng nimalar oʻzgarishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek