AI-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyaga ta’sir qiladi — Markaziy bank

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov matbuot anjumanida ma’lum qildi
AI-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Foto: Getty Images

O‘zbekistonda AI-80 markali benzin ishlab chiqarish va sotish to‘xtatilishi inflyatsiyaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu omil 2025-yil yakuniga mo‘ljallangan yangilangan prognozga kiritilgan. Umuman olganda, inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar va omillar orasida benzin ham bor.

«AI-80 benzining, albatta, ta’siri bor. Hozirgi inflyatsiya statistikaga u kiritilgan. Inflyatsiyada hozir asosiy oshiruvchi bir necha tovarlar qatorida benzin, yoqilg‘i ham bor. U saqlanib qolyapti. U biz uchun o‘rta muddatda xatar keltiruvchi yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolyapti. Eng asosiysi, bu ko‘proq inflyatsiyadan tashqari inflyatsion kutilmalarda ham saqlanib qolyapti», – deydi regulyator raisi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» 2-sentabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolaridan olib tashladi. Bu qaror prezidentning 2025-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi doirasida yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga bosqichma-bosqich o‘tish rejasi asosida qabul qilingan.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, AI-92 benzini hajmlari keskin oshirilgan. Avval 1000 tonna hajmda birjaga qo‘yilgan bo‘lsa, hozir bu raqam 1720 tonnaga yetkazildi. Shu bilan birga, avgust oyida tadbirkorlar xarid qilgan AI-80 benzini hajmlari sentabrda ham o‘z egalariga yetkazib beriladi. Yetkazib berish majburiyatlari va mavjud qoldiqlar to‘liq bajarilishi ta’kidlandi.

Shuningdek