iPhone 17 telefonining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari, Ronalduning yana bir yutug‘i va pedagoglar uchun yangi platforma — 11-sentabr kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
tashkent
11-sentabr kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: Ochiq manbalar
O‘zbekiston va Rossiya ichki pasport bilan kirish tartibini kelishmoqda
O‘zbekiston va Rossiya ichki pasport bilan kirish tartibini kelishmoqda / Foto: Immigranthouse

O‘zbekiston va Rossiya ichki pasport bilan kirish tartibini kelishmoqda

O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining ichki pasportlar bilan kirishi masalasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda «Izvestya» nashri ma’lum qildi. O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, hozirda ayrim jihatlar kelishilmoqda va zarur ichki tartib-taomillar o‘tkazilmoqda. Shu bois aniq muddat haqida gapirishga hali erta.

Ronaldu
Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga sazovor boʻldi / Foto: Liga Portugal

Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga sazovor boʻldi

Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qoʻlga kiritdi. Liga rasmiy maʼlumotiga koʻra, marosimda futbolchining oʻzi shaxsan ishtirok etmagan, biroq tashkilotchilar uning mukofot bilan chiqish qilgan videomurojaatini namoyish etishgan.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi
Bir qator o‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi / Foto: President.uz

Bir qator o‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, O‘zbekiston ta’lim-tarbiya tizimida fidokorona mehnat qilgan o‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati», «Do‘stlik», «Shuhrat» ordenlari, shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» va «Sog‘lom turmush» medallari bilan bir guruh pedagoglar taqdirlandi.

Huquqiy axborot yetkazishning yangi tartibi
Huquqiy axborot yetkazishning yangi tartibi joriy etiladi / Foto: Innovacion Digital 360

Huquqiy axborot yetkazishning yangi tartibi joriy etiladi

Prezident «Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Farmonga ko‘ra, aholiga huquqiy axborot yetkazishda sun’iy intellekt asosida innovatsion yondashuvlar qo‘llaniladi hamda ma’lumotlar ehtiyojdan kelib chiqib manzilli tarzda yuboriladi.

Oliy ta’limda malaka oshirish uchun yangi platforma ishga tushirildi
Oliy ta’limda malaka oshirish uchun yangi platforma ishga tushirildi / Foto: Facebook

Oliy ta’limda malaka oshirish uchun yangi platforma ishga tushirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish hamda raqamlashtirish maqsadida my.bimm.uz platformasini ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. Mazkur platforma masofaviy kurslar va elektron portfolio tizimlari asosida yaratilgan yagona raqamli ekotizim bo‘lib, hozircha sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.

Foto: Milliy gvardiya Telegram kanali

Nukusda kichik portlash natijasida 10 nafar harbiy jarohat oldi

10-sentabr kuni Nukus dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot vaqtida kichik portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya O‘zAga ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan portlovchi vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi oqibatida kichik portlash yuzaga kelgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionining ochilishiga Hasbikni taklif qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi yangilangan «Kamp Nou» stadionining ochilish marosimiga rossiyalik bloger Hasbulla Magomedov (Hasbik)ni taklif qildi. Bu haqda blogerning oʻzi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. «Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionidagi ilk rasmiy oʻyinini 28-sentabr kuni «Real Sosyedad»ga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.

iPhone 17pro цены в Узбекистане
Foto: Apple

iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari ma’lum bo‘ldi

Apple kompaniyasi yaqinda taqdim etgan iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari aniq bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan Malika bozorda faoliyat yuritadigan bir qancha savdo do‘konlari bilan suhbatlashdi. Ularning ta’kidlashicha, 23-sentabr kuni yangi iPhone modellari O‘zbekistonga yetib keladi va sotuvda mavjud bo‘ladi. Sotuvchilar Kursiv Uzbekistan’ga taxminiy narxlarni taqdim qildi.

Shuningdek