«Tashabbusli budjet»da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

eʼlon qilindi
Bu uchun 47,657 mlrd so‘m ajratiladi
«Tashabbusli budjet»da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi / Foto: Kursiv Uzbekistan

«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, dastlab g‘olib bo‘lmagan 35 ta loyiha qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi bilan g‘olib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Mahalliy budjetning qo‘shimcha 47,657 mlrd so‘mi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Bu orqali jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy loyihalarni rivojlantirish va aholining hayot sifatini yaxshilashga katta hissa qo‘shildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, deputatlar qo‘shimcha mablag‘ hisobidan yangi g‘olib loyihalarni e’lon qilish huquqiga ega. G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan bu havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet»da g‘olib bo‘lgan loyihalarga 3,2 trln so‘m ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek