Jizzaxda advokat mahkumni ozodlikka chiqarib berish evaziga 6 ming dollar talab qilgani fosh etildi

Jizzax shahrida advokat mijoz bilan til biriktirib, jazoni o‘tayotgan mahkumni ozodlikka chiqarib berish evaziga $6 ming talab qilgani fosh etildi.
DXX va prokuratura organlari o‘tkazgan tadbirda ular pul olayotganida qo‘lga olingan. Ular ustidan Jinoyat kodeksining (JK) 25,168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyatida bo‘lim prokurori tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari bo‘lsa-da, jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi evaziga $2 ming talab qilgan. 5-sentabr kuni u 5 mln so‘mni kartasiga o‘tkazib olgan. Tergov tezkor tadbirida $1,3 ming olayotganda qo‘lga olingan. Unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan ish qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, Andijon viloyatida sudya katta yordamchisi da’vo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga $500 dollar talab qilgan. U $200 dollarni oldindan olgan, qolgan 3,8 mln so‘mni olayotganida ushlangan. Hozirda unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi tanlangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Surxondaryoda Suriya jangarilariga qo‘shilgan ekstremistik guruh fosh etilgani haqida yozgan edi.