Shimoliy Koreya rahbarining singlisi AQShga tahdid qildi

eʼlon qilindi
«Freedom Edge» mashg‘ulotlari sabab
Shimoliy Koreya rahbarining singlisi AQShga tahdid qildi / Foto: Reuters

Shimoliy Koreya rahbari Kim Jong Unning singlisi Kim Yo Jong AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya o‘tkazayotgan qo‘shma «Freedom Edge» mashg‘ulotlari o‘zlariga «salbiy oqibatlar» keltirishi mumkinligini ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mashg‘ulotlar 15-sentabrdan boshlanib, havo, dengiz va kiber sohalarda mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya va AQSh «Iron Mace» mashg‘ulotlarini ham rejalashtirmoqda. Shimoliy Koreya rasmiylari, jumladan, Pak Jong Chon agar «dushman kuchlar» kuch namoyishida davom etsa, ular yanada kuchliroq qarshi choralar ko‘rishini bildirdi.

Seul va Vashington esa mashg‘ulotlarni mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur deb ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy harbiylari Janubiy Xitoy dengizida muntazam patrul o‘tkazib, Filippin tomonini provokatsiya va keskinlikni oshirishdan ogohlantirgan edi.

Shuningdek