1-oktabrda o‘qituvchilar qancha mukofot puli oladi

eʼlon qilindi
Jamg‘armada qancha mablag‘ bo‘lsa, shuncha mukofot belgilanadi
1-oktabrda o‘qituvchilar qancha mukofot puli oladi / Foto: President.uz

Prezidentning 2025-yil 19-martdagi farmoniga muvofiq, «1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan xodimlarni mukofotlash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilangan. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.

Unga ko‘ra, avval bu ko‘rsatkich 50 foiz edi. Demak, endi ustozlar va boshqa xodimlar ko‘proq mukofot olish imkoniyatiga ega.

Shu bilan birga, bu degani hamma joyda bir xil summada beriladi, degani emas. Direktor jamg‘armasidagi mavjud mablag‘ga qarab, kimdadir 50, kimdadir 60, kimdadir esa 75 foizgacha bo‘lishi mumkin. Maksimal miqdor – 953 ming 250 so‘m.

Muhim jihati shundaki, mukofot faqat o‘qituvchilarga emas, balki maktabning barcha xodimlariga — rahbariyat hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchilarga ham taalluqlidir. Shu sababli turli maktablarda beriladigan mukofot miqdori moliyaviy imkoniyatlarga qarab farqlanishi tabiiy.

Ya’ni jamg‘armada qancha mablag‘ bo‘lsa, shuncha mukofot belgilanadi. Shu bois har bir maktabda ustozlarga turlicha miqdorda mukofot to‘lanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, O‘zbekiston ta’lim-tarbiya tizimida fidokorona mehnat qilgan o‘qituvchi va murabbiylar mukofotlangan edi.

Shuningdek