Ronaldu ketma-ket ikkinchi bor «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi

15-sentabr 2025 09:43 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni Pro ligasining 2-turidan o‘rin olgan bahsda «An Nasr» o‘z maydonida «Al Holud»ni qabul qildi va yakunda 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdan oldin «An Nasr»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsum Saudiya chempionatining eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» bilan taqdirlandi. 40 yoshli futbolchi ushbu mukofotga ketma-ket ikkinchi bor sazovor bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mukofotni Ronalduga jamoaning sobiq sardori va tarixdagi eng yaxshi to‘purari Majid Abdulloh topshirdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsum Saudiya Pro ligasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «An Nasr» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Portugaliya ligasi tomonida tashkil etilgan tadbirda «Barcha davrlarining eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek