O‘zbekiston va Koreya Jizzaxda bioenergetika majmuasi qurish masalasini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Yangi Toshkent loyihasiga ham yechimlar taqdim etildi
O‘zbekiston va Koreya Jizzaxda bioenergetika majmuasi qurish masalasini muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Korea District Heating Corporation (KDHC) delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Zarafshonda issiqlik tizimini modernizatsiya qilish, Jizzaxda bioenergetika majmuasini qurish va Yangi Toshkent loyihasida zamonaviy yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tomonlar loyihalarni batafsil ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu tashabbuslar nafaqat energiya samaradorligini oshirish, balki O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron suv ombori atrofida turistik loyiha yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek