O‘zbekiston Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng katta savdo hamkoridir — hisobot

eʼlon qilindi
Umumiy savdo hajmining 45,3% ulushiga egalik bilan
Tramp joriy etgan 50 foizlik boj tarifi Hindiston iqtisodiyotiga zarba berdi
O‘zbekiston Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng katta savdo hamkoridir — hisobot / Foto: Reuters

Hindiston Exim banki va Yevrosiyo taraqqiyot banki tomonidan Hindiston va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo va investitsiya imkoniyatlari tahlil qilindi. Bu haqda Free Press Journal nashri ma’lum qildi.

2023-yilda Hindistonning Markaziy Osiyoga bo‘lgan eksportida O‘zbekiston yetakchi davlat bo‘lib, 45,3% ulushga egalik qilgan. Import bo‘yicha ham O‘zbekistonning ulushi 10,6% ni tashkil etgan.

Hisobotda qayta tiklanuvchi energiya, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat qayta ishlash va logistika sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida ajratilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilma, qo‘shma to‘lov tizimlari va kichik bizneslar uchun moliyalashtirishni yaxshilash tavsiya etilgan.

Hindiston 2010 – 2023-yillarda Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekistonga $1,5 mlrd investitsiya kiritgan.

Shuningdek, hisobotda Hindiston bilan dorivor vositalar, energetika va texnologiya sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish kabi tavsiyalar ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hindiston bilan savdoda Chobahor portidan foydalanishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek