
Xitoyda yangi Meizu 22 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers xabar bermoqda. Uning narxi $420 etib belgilangan.
Qurilma smartfonlar tarixida eng tor oq ramkaga ega bo‘lib, uning kengligi atigi 1,2 mm. Kompaniya marketing direktori Van Chjiszyan bu model sohada oq ramkali oxirgi smartfon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Smartfon 6,3 dyuymli 1,5K displey va Meizu’ning yangi LIPO texnologiyasi bilan jihozlangan. Ramka kengligi oldingi avlodga nisbatan 11 foizga qisqargan. Ichki qismida Qualcomm Snapdragon 8s Gen4 protsessori va 4500 kv.mm maydonli yirik suyuqlik bilan sovutish tizimi mavjud. Kamera blokida esa to‘rtta modul o‘rnatilgan. 50 MP asosiy kamera, 50 MP periskop, 50 MP ultra-keng kamera va 50 MP old kameraga ega.
Meizu 22 5510 mA/soat sig‘imli katta batareya, ultratovushli barmoq izi skaneri, yashirin IK-uzatkich hamda chang va suvga chidamlilik bo‘yicha IP68 sertifikatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 Pro dizayni oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.