Uzbekistan Airways 15-sentabr kungi Nukus–Toshkent reysi jadvali o‘zgarganini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Noma’lum sabablarga ko’ra
Airbus A321neo
Nukusdan Toshkentga uchadigan samolyot kechiktirildi. Foto: «Uzairways»

Bugun Nukusdan Toshkentga parvozi rejalashtirilgan Uzbekistan Airways’ning Airbus A320 samolyoti noma’lum sabablarga ko’ra kechiktirildi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Unga ko‘ra, parvoz 16:55 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ammo oradan bir soat o’tgach yo‘lovchilarga parvoz ikki soatdan keyin amalga oshirilishi aytilib, bortdan tushirilgan.

Aviakompaniya matbuot xizmatining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya rasmiy sahifasida parvoz o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

  • Nukusdan jo’nab ketish soat 20:00;
  • Toshkentga yetib kelish vaqti: 21:20.

Avvalroq joriy yilning 28-oktabridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazishi haqida xabar qilingandi. Hozirda ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marta — shanba kuni reys amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Toshkent — Lahor — Toshkent yo‘nalishida ham haftasiga ikki marta, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek