Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
Noqonuniy elektr iste'moli
Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgani aniqlandi / Foto: Ochiq manba

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jiddiy qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Narpay tumanidagi xususiy korxonaga qarashli ishlab chiqarish sexi elektr hisoblagichidan tashqari tarmoqqa ulanib, noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bu holat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning og‘ir oqibatlarga olib kelishini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Mutasaddi idoralar esa bunday qoidabuzarliklarning oldini olish choralarini kuchaytirmoqda.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi, Marg‘ilon va Nukus shaharlarida bir qator qonunbuzarliklar fosh etilgan edi.

Shuningdek