Abduqodir Husanov APLda tur ramziy jamoasidan joy oldi

16-sentabr 2025 10:07 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov WhoScored portali talqiniga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining hafta ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.

21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi ishonchli harakatlari uchun nashr tomonidan 7,9 ball bilan baholandi.

WhoScored talqiniga ko‘ra, APLning 4-tur ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: WhoScored

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsum «Manchester Siti» safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, jami 183 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning Transfermarktdagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Husanovning Manchester derbisidagi o‘yiniga baho bergandi.

Shuningdek