Shavkat Mirziyoyev Namangandagi «Megaton» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Chust tumanidagi «Megaton» gazobeton bloklari ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi. Ushbu korxona 500 ta yangi ish o‘rni yaratgan.

Ushbu korxona «Turonbank» tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, loyiha qiymati 40 mln dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda Xitoy, Germaniya va Daniyadan olib kelingan innovatsion uskunalar o‘rnatilgan. Shu sababli mahsulot sifati va samaradorligi yuqori darajada. Xususan, Germaniya texnologiyasi tufayli gazobloklardan qurilgan bino energiya tejamkor bo‘ladi, tashqi izolyatsiya talab etilmaydi, issiqlik va salqinlikning yo‘qotilishi to‘rt barobar kamayadi. Bu esa elektr sarfini 45 foizgacha qisqartiradi.

Korxona mahsulot ishlab chiqarishda o‘ziga qarashli «Namangan sement» korxonasining 550 markali sementidan foydalanadi.
Bunday innovatsion texnologiyalarni import ulushi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarda ham qo‘llash kerak. Shunda bozorda raqobat, xaridorlarda tanlov bo‘lib, joylarda ish o‘rni ko‘payadi. Buning uchun izlanuvchan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz deya ta’kislagan prezident
Eslatib o‘tamiz, Kursiv uzbekistan nashri Namanganda $140 mlnlik yangi aeroport terminali keyingi yil ishga tushirilishi haqida yozgan edi.