O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yuvchi tizim joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bunga doir qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
Bank
Foto: Traffic News

O‘zbekistonda islomiy bank tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda quyi palataning matbuot xizmati ma’lum qilindi.

Ushbu hujjat bilan Soliq va Fuqarolik kodekslariga, shuningdek, yana sakkizta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Unda «islomiy bank», «moliyaviy operatsiyalar va standartlar», «investitsion depozit» kabi tushunchalar qonunchilikka kiritilishi belgilangan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus litsenziya joriy etiladi hamda uni olish tartibi va shartlari aniq belgilab qo‘yiladi. Shuningdek, litsenziyaga ega bo‘lgan banklarning bajarishi mumkin bo‘lgan moliyaviy operatsiyalari doirasi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Hujjatni birinchi o‘qishda konseptual tarzda 112 deputat qo‘llab-quvvatladi, yana 9 nafar deputat ovoz berishda qatnashmadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi islom banklari aktivlari 2033-yilga borib $2,4 mlrdgacha oshishi haqida yozgandi.

Shuningdek