17-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
AQSh valyutasi 12 285,16 so‘m
dollar
17-sentabr uchun valyuta kurslari qanday / Foto: Nedret Binici / Unsplash

17-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kuni uchun AQSh valyutasi 12 285,16 so‘m (-59,45 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

SanaKurs (so‘m)O‘zgarish (so‘m)
9-sentabr12 447,35+86,49
10-sentabr12 360,86+5,72
11-sentabr12 447,35+86,49
12-sentabr12 426,83−20,52
15-sentabr12 344,61−82,22

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 13,71 so‘mga oshib, 14 514,92 so‘mni, rubl esa 1,08 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank almashuv kursi moslashuvchanligini oshirdi. Bu haqda 11-sentabr kuni regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Almashinuv kursi bo‘yicha oxirgi davrlarda biz ham siyosatni sal o‘zgartirdik. Sal tebranuvchanligi oshib boryapti. Bu ham endi keyingi qadam. Ko‘p yillar davomida tebranish darajasi past bo‘lgani uchun bozor ishtirokchilarida, birinchi navbatda banklar va biznesda, kurs faqat nechadir foizga o‘sadi yoki faqat oshadi. Bugun tushgan bo‘lsayam yana oshadi, degan kutilmalarning shakllanishi ham bunga ta’sir qiladi», – dedi Markaziy bank raisi.

Joriy yilning iyun oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Markaziy bankka valyuta kursini yanada moslashuvchan qilish va kengroq tebranishlarga yo‘l qo‘yishni tavsiya qilgandi. XVJ fikricha, bu tashqi zarbalardan himoya qilish, kompaniyalarni valyuta xatarlarini sug‘urtalashga undash, pul-kredit siyosati samaradorligini kuchaytirish va kursning doimiy pasayishidan iborat kutilmalarni oldini olishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.  

Shuningdek