O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi xalqaro investitsiya bitimi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Shartnoma shu yilning 15-yanvarida Abu-Dabi shahrida imzolangan
O‘zbekiston haydovchilari BAAda guvohnoma almashtirmasdan mashina haydashi mumkin
Foto: Arabian Business

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati o‘rtasida imzolangan «Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida»gi bitim tasdiqlandi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur xalqaro shartnoma shu yilning 15-yanvarida Abu-Dabi shahrida imzolangan bo‘lib, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uni amalga oshirish uchun vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga bitim kuchga kirgach, uning ijrosini belgilangan tartibda ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan MDH davlatlari o‘rtasidagi qidiruv bitimiga kiritilgan tuzatishlar kuchga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek