
37 yoshli amerikalik professional bokschi, uchta vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni Terens Krouford The Ring jurnalining yangilangan P4P reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Krouford 14-sentabr kuni Las-Vegasda tashkil etilgan boks oqshomida meksikalik bokschi Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi.
Jang to‘liq 12 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan amerikalik bokschining g‘alasini qayd etishdi. Shuningdek, Krouford zamonaviy boks tarixida uchta vazn toifasida barcha kamalarlarni birlashtira olgan ilk sportchiga aylandi.
Terens ushbu g‘alasidan so‘ng P4P reytingida yetakchilik qilib turgan ukrainalik bokschi Aleksandr Usikni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Ikkinchi o‘rinni Usik egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda yaponiyalik Naoya Inoue bormoqda. Inoue 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jangda barcha kamarlarini munosib himoya qildi.
To‘liq reyting:
- Terens Krouford;
- Aleksandr Usik;
- Naoya Inoue;
- Dmitriy Bivol;
- Artur Beterbiyev;
- Jessi Rodriges;
- Junto Nakatani;
- Shakur Stivenson;
- David Benavides;
- Saul Alvares.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olingani xaqida xabar berilgandi.