Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi / Foto: Facebook

Buxoro viloyatining Peshku tumanida mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tadbirkordan $6 ming pora talab qilgani fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U yer maydonini onlayn auksion orqali sotib olib berishni va’da qilib, mablag‘ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtda DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkor 10-sentabr kuni mas’ulning noqonuniy harakatlari haqida ariza bilan murojaat qilgan. Shu asosda o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisining qonuniga xilof xatti-harakatlari isbotini topdi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining ikki o‘rinbosari fermer xo‘jaligidan 65 mln so‘m pora talab qilgani fosh etilgan edi.

Shuningdek