17-sentabr kungi ayrim reyslar jadvali o‘zgaradi
eʼlon qilindi
Havo kemasini tayyorlash jarayoni sababidan

«Uzbekistan Airways» 2025-yil 17-sentabr kuni ayrim reyslarning vaqtida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
HY85 Toshkent – Farg‘ona reysi soat 12:00 da jo‘nab, 12:45 da yetib boradi.
HY9651 Farg‘ona – Qozon reysi soat 13:45 da uchib, 15:30 da yetadi.
HY9652 Qozon – Farg‘ona reysi soat 16:40 da uchib, 22:00 da yetadi.
HY86 Farg‘ona – Toshkent reysi soat 23:00 da jo‘nab, 23:50 da yetib keladi.
Barcha vaqtlar mahalliy bo‘yicha ko‘rsatilgan. Aviakompaniya yo‘lovchilardan tushunish va noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aviakompaniya sentabr oyida qo‘shimcha reyslarni amalga oshirishi haqida xabar bergan edik.