
Xitoy sanoat vazirligi Toyota Corolla’ning yangilangan versiyasi bo‘lgan Toyota Levin suratlarini e’lon qildi. Bu haqda Autohome xabar bermoda.
Model old qismidagi dizayn o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Mashina avvalgi avloddan kattaroq bo‘ldi: uzunligi 55 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 50 mm ga oshdi. Uning o‘lchamlari 4695 × 1780 × 1435 mmga teng. G‘ildiraklar bazasi esa 2750 mmni tashkil etadi.

Levin ikki turdagi kuch qurilmalari bilan taklif qilinadi:
- 2,0 litrli benzinli dvigatel, 171 ot kuchi;
- Gibrid versiya, unda ichki yonuv dvigateli 98 ot kuchiga ega.
Modelning rasmiy taqdimoti qachon o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota bZ4X elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.