Ko‘p qavatli uy aholisi uchun tunda pulli avtoturargohlar bepul bo‘ladi

eʼlon qilindi
Soat 20:00 dan 08:00 gacha va bayram kunlari bepul bo‘ladi
Foto: deposithotos.com

Ko‘p qavatli uylar yonidagi pulli avtoturargohlarda rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Bu haqda Poytaxt Parking ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ruxsatnoma egalariga avtoturargoh soat 20:00 dan 08:00 gacha va bayram kunlari bepul bo‘ladi. Qolgan vaqtda umumiy tartib amal qiladi.

Poytaxt Parking’ning ta’kidlashicha, ruxsatnoma olish tartibi va qaror tafsilotlari noyabrda e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda pullik avtoturargohlar ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.

Toshkent shahrida sinov tariqasida 86 ta yo‘l bo‘yi pullik avtoturargohlar ishga tushirildi. Ushbu turdagi pulli avtoturargohlar maxsus belgi – to‘q sariq fonda «P» harfi bilan tasvirlangan. Pulli avtoturargohlardan foydalanish narxi soatiga 12 ming so‘m bo‘lib, to‘lamaganlik uchun jarima belgilanadi.

To‘lovni pullik Poytaxt Parking mobil ilovasi yoki Paynet terminallari orqali naqd pulda amalga oshirish mumkin. Ilova Streetpark Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan – aynan shu kompaniya poytaxtda pullik turargohlarni tashkil etish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan.

Aslida pilot avtoturargohlar mart oyida, keng joriy etilishi esa iyul oyiga mo‘ljallangan edi. Pullik avtoturargohlar to‘rtta tarif zonasiga ajratilgan bo‘lib, soatiga 5 mingdan 12 ming so‘mgacha pullik belgilangan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan eng yuqori tarif soatiga 30 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek