O‘zbekistonda zilzila, Rossiyaga ilk qovoq eksporti, majburiy nikoh uchun qamoq — 17-sentabr yangiliklari

O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila, mamlakatdan Rossiyaga ilk qovoq eksporti, majburiy nikoh uchun qamoq — Kursiv Uzbekistan 17-sentabrning eng muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.
O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

17-sentabr kuni soat 09:14 da Navoiy viloyati, Konimex tumani hududida zilzila qayd etildi.
O‘zbekistondan Rossiyaga 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk qovoq eksporti amalga oshirildi
Rosselxoznadzor xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan 20 tonna yangi qovoq Sankt-Peterburgda karantin va fitosanitariya nazoratidan o‘tkazildi.
Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi

2025-yil 16-sentabrdan boshlab Qozog‘istonda nikohga majburlash jinoyat sifatida baholanadi va buning uchun og‘ir jazo belgilangan. Bu haqda Qozog‘iston IIV rasmiy sahifasida xabar berildi.
Green Card lotereyasida ishtirok pullik bo‘ladi
AQSh Davlat departamenti 2025-yil 16-oktabrdan boshlab Diversity Visa (Green Card) lotereyasida qatnashuvchi barcha ishtirokchilardan $1 miqdorida elektron ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinishi haqida e’lon qildi.
OChL-2. «Andijon» jiddiy raqibga qarshi o‘yin bilan turnirdagi yurishini boshlaydi
17-sentabr kuni «Andijon» klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniridagi yurishini boshlaydi. «Burgutlar» dastlabki turni Turkmanistonning «Arkadag‘» klubiga qarshi o‘tkazadi.
Shveysariya olti oyda O‘zbekistondan 4,3 mlrd dollarlik oltin sotib oldi
Shveysariya so‘nggi olti oyda oltin xaridini keskin oshirdi. Mamlakat O‘zbekistondan $4,3 mlrdlik oltin xarid qildi. Bu haqda BMTning Comtrade platformasiga tayanib, «Ria Novosti» ma’lum qildi.
Ko‘p qavatli uy aholisi uchun tunda pulli avtoturargohlar bepul bo‘ladi
Ko‘p qavatli uylar yonidagi pulli avtoturargohlarda rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Bu haqda Poytaxt Parking ma’lum qildi.
18-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi
18-sentabr kungi valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 254,27 so‘m (-30,89 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Prezident yirik moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
17-sentabr kuni Namangan shahrida o‘tayotgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» xalqaro forumi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro islom taraqqiyot banki (ITB), Jahon banki (JB) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.