Pavel Durov Digital Bridge forumi uchun Qozog‘istonga keladi

Telegram asoschisi Pavel Durov 2025-yil oktyabrida Qozog‘istonning Ostona shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Politik CA ma’lum qildi.
U Markaziy Osiyodagi eng yirik texnologik tadbir — Digital Bridge forumida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Forum raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, startaplar va innovatsiyalarga bag‘ishlanadi. Uni Astana Hub, Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi va Ostona hokimligi tashkil etmoqda.
Durov 2024-yilda ham Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurgan edi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda aholining 70 foizidan ko‘prog‘i Telegramdan foydalanadi, deyarli har bir biznesning o‘z kanali yoki boti mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da Pavel Durovga xabar yozish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik.