Toshkent aeroportida uchib kelish terminali rekonstruksiya qilinmoqda

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish terminali va unga tutash hudud rekonstruksiya qilinmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Loyihaga bino fasadini kengaytirish, qo‘shimcha yo‘llar qurish va litsenziyalangan taksi operatorlari orqali turli narx toifalarida xizmat ko‘rsatish kiradi. Birinchi qatordagi yo‘l turistik avtobuslar va aeroportning rasmiy taksilari uchun mo‘ljallangan, ikkinchi qatorda esa kutib oluvchilar va taksi agregatorlari avtomobillari harakatlanadi. Yo‘llarda to‘xtash vaqti 10 daqiqa bilan cheklangan, videokuzatuv kameralar nazorat qiladi.

Rekonstruksiya ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda 330 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh va tez quvvatlantirish shoxobchalari foydalanishga topshiriladi;
Ikkinchi bosqichda kirish yo‘llari kengaytiriladi va terminallar birlashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishida reyslar soni ko‘payishi haqida yozgan edik.