BYD Denza N9 gibrid avtomobilini taqdim etdi

18-sentabr 2025 10:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD 2026 Denza N9 gibrid krossoverini taqdim etdi / Foto: Sohu

BYD kompaniyasining Denza premium brendi tomonidan yangi avlod Denza N9 avtomobili rasman taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

17-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda avtomobil uch xil konfiguratsiyada namoyish qilindi. Narxlar 389,800 yuandan ($54,2 ming) boshlanib, 449,800 yuangacha ($62,5 ming) boradi.

Yangi model ikki rangli kuzov dizaynini saqlab qolgan holda, endi yashil-kumush rangdagi yangi variantni ham taklif etmoqda. Avtomobilning o‘lchamlari 5258x2030x1830 mm bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 3125 mmga teng. Denza N9 202 kilometrgacha sof elektr yurish imkoniyatiga ega va umumiy CLTC yurish masofasi 1302 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Sohu

Avtomobil uchta elektr motor bilan jihozlangan bo‘lib, ular 680 kVt (912 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi. Shuningdek, 2.0T turbomotor ham mavjud bo‘lib, uning issiqlik samaradorligi 44,13 foizga teng. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,9 soniyada chiqadi.

Salonda 13,2 dyuymli raqamli panel, 17,3 dyuymli markaziy ekran va old yo‘lovchi uchun yana bir 13,2 dyuymli ekran joylashgan. Shuningdek, 50 dyuymli AR-HUD proyeksiya displeyi, 26 karnayli Devialet audio tizimi va DiLink 150 platformasi mavjud. Ikkinchi qatorda yon stolchalar, ikkita 50 Vattli simsiz zaryadlash qurilmasi, shiftga o‘rnatilgan 17,3 dyuymli ekran va hatto muzlatkich ham joy olgan. Uchinchi qatordagi o‘rindiqlar elektr boshqaruv va isitish funksiyalariga ega. Old yo‘lovchi uchun nol tortishish effektini beruvchi qulay o‘rindiq taklif etiladi.

Foto: Sohu

Denza N9 xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlarida ham yetakchi texnologiyalarni o‘zida mujassam qilgan. «God’s Eye B» tizimi xaritasiz shahar ichida harakatlanish imkonini beradi. Bu tizim lazerli skaner, beshta millimetr to‘lqinli radar, 12 ta kamera va 12 ta ultratovush datchiklari bilan ishlaydi. Hisoblash markazi sifatida Nvidia Orin X chipi o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati 254 TOPS ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Seal 07 DM-i 2026 gibrid avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek